SciTechDaily nashrida ta'kidlanishicha, bunda o‘ta zich mikrochiiplarga (HD-MAP) ega plastir qo‘llanadi. U teriga yopishtirilgandan keyin minglab mikroskopik reaksiyalar boshlanadi. Loyihaning yetakchi tadqiqotchisi Devid Myullerning ta'kidlashicha, koronavirusga qarshi plastirning sichqonlarda o‘tkazilgan sinovlari organizmning unga yuqoriroq immun javobini ko‘rsatgan. Olimlar plastir yordamida virusning ko‘plab shtammlari, jumladan alfa va beta turlarini bartaraf eta olishganini aytishmoqda.

Ta'kidlanishicha, vaksina saqlash uchun qulay va boshqa vaksinalardan farqli, sovuq haroratni talab qilmaydi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, plastir narxi bir doza vaksina narxidan yuqori bo‘lmaydi. Tadqiqotchilar ushbu texnologiyani dunyoga taqdim qilishga umid qilishmoqda va uning klinik sinovlarini tezroq o‘tkazish uchun zarur mablag‘ izlashmoqda.