Foto: Getty Images/Kun.uz

Oxirgi jiddiy holat Urgut tumanida sodir böldi. Ona va uning 11 va 5 yoşli bolalari tappi bilan kömir kukuni aralaşmasidan tayyorlangan tezak yoqib, is gazidan zaharlanib nobud bölişgan.

Bir oiladan bir keçaning özida uçta ölik çiqqan, bir avlod barbod bölgan.

Is gazi şunday baloki, soppa-soğ odam bir tuki tökilmay jasadga aylanadi.

Ba'zan butun oilalar, töda-töda odamlar taraşadek qotib qoladi.

Öşa onda jon bermagan odam uzoq vaqtga soğligini yöqotadi, hatto bir neça hafta ötgandan keyin ham ölim holatlari kuzatilişi mumkin.

Ölmay qolganlar ham jiddiy asab buzilişlariga duçor böladilar.

Misollarni yodga olişning özi bir dahşat:

  • 2021 yil 20 fevral. Xorazm viloyatining Şovot tumanida bir oila is gazidan zaharlandi: uç kişi vafot etgan, ulardan ikki nafari bolalar bölgan.
  • 2021 yil 6 mart. Törtköl tumanida yaşagan ota va uning uç farzandi, şuningdek ularning uyiga mehmonga kelgan bir fuqaro xonadondagi isitiş peçidan sizib çiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etdi.
  • 2021 yil 27 fevral. Yunusobod tumanidagi xonadonda ijara asosida yaşagan beş talabaning murdasi topilgan. Ilk rasmiy ma'lumotlarda yigitlar “noma'lum moddadan ötkir zaharlaniş” oqibatida vafot etgani ta'kidlangan. Keyinçalik bu holatga ham sabab is gazi ekani ma'lum böldi. Zaharlaniş oqibatida vafot etgan beş talabaning barçasi Andijon viloyatidan edi.