“2021 yilning 28 oktabr kuniga qadar respublikada aholi orasida is gazidan zaharlaniş bilan boğliq 46 ta noxuş holatlar sodir bölib, ularda 96 kişi vafot etgan va 35 kişi jabrlangan”, deydi FVV axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Vazirlik mulozimi hududlarda viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmalari tomonidan is gazidan zaharlaniş bilan boğliq sodir bölayotgan holatlar muhokama etilib, ularning yuzaga kelişiga sabab bölayotgan omillar mas'ul idoralar hamda jamoatçilik vakillari bilan birga muhokama qilinayotgani, is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça muhim tavsiyalar berilayotganini ta'kidladi.

Avvalroq Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov is gazidan zaharlanişdan 2-3 hafta ötib ham vafot etiş holatlari qayd etilganini ta'kidlagandi.

Har yili kuz-qiş mavsumida Özbekistonda is gazidan zaharlaniş mavzusi kun tartibiga çiqadi. Is gazi asosan tabiiy gaz, kömir, ötin çöğlarining töliq yonmasligi natijasida hosil böladi. Heç qanday hid va rangga ega bölgan uşbu gaz «sezdirmasdan öldiruvçi» deya ta'riflanadi.

Uşbu gaz organizmga nafas a'zolari orqali ta'sir etib, gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuçli birikma – karboksigemoglobin hosil qiladi. Buning oqibatida gemoglobinning töqimalarga kislorod taşiş xususiyati keskin pasayib, gipoksiya, oğir holatlarda esa anoksiyaga olib keladi. Zaharlaniş oqibatida ölim holatlari kuzatilişi mumkin.

Sönggi ön kunda Samarqand viloyatida is gazidan zaharlaniş bilan boğliq 4 ta holat qayd etilib, 8 kişi vafot etgan. Qurbonlarning beş nafari voyaga yetmagan bolalardir.

2020 yilning 27 fevral kuni Toşkentning Yunusobod tumani Firdavsiy mahallasi Injobod köçasidagi xonadonda ijara asosida yaşagan beş talabaning murdasi topilgan, sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga köra, ijaraçilarning ölimiga is gazidan ötkir zaharlaniş natijasida ötkir nafas va yurak, qon-tomir yetişmovçiligi sabab bölgani aniqlangan.