O‘zbekiston | 09:52 / 02.11.2021
5500
2 daqiqa o‘qiladi

Psixotrop moddalarning katta miqdordagi noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

Oktyabr oyi so‘ngida DXX va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan birgalikda o‘tkazilgan bir nechta tadbir davomida katta miqdordagi psixotrop moddalar muomalasiga chek qo‘yilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Foto: DXX

Xususan, joriy yilning 26 oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.T. va M.M.dan kuchli ta'sir qiluvchi, psixotrop modda bo‘lgan 7504 dona “Regapen” dori vositasi olib qo‘yilgan. Shuningdek, tadbir davomida U.T.ning kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini saqlash joyidan 1650 dona “Tropikamid”, 5617 dona “Selofen” va 756 dona “Regapen” dorilari borligi aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.

28 oktabr kuni yana bir holat qayd etilgan bo‘lib, unda fuqarolar J.Z., K.J. va X.K. tezkor tadbir davomida ushlanib, ulardan 1310 dona “Tropikamid”, 2100 dona “Regapen” va 510 dona “Selofen” dori vositalari olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 30 oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.Sh. va Sh.M.ning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda avtomashinadan 2000 dona “Tropikamid” va yashash manzilidan 4070 dona “Selofen” va 300 dona “Zardeks” kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yilgan.

Foto: DXX
Foto: DXX
Foto: DXX

Ma'lum qilinishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid