Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uçun soliq tuşumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Rasmiy relizga köra, kelgusi yilga möljallangan davlat budjeti loyihasida ta'lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion söm ajratilişi möljallangan. Davlat rahbari bu mablağga qöşimça tarzda yana 12 trillion söm ajratiş taklifini bildirdi. Bu mablağlar 55 ta yangi dasturni amalga oşirişga yönaltiriladi. Jumladan, çekka joylarda 1 600 ta bolalar boğçasi taşkil etiş, Milliy ta'lim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab quriş va 235 tasini ta'mirlaş, darsliklarni yangilaş va kompyuter sinflari oçiş kabilar reja qilingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta'kidlanişiça, bakalavriatda davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oşiriş, davlat-xususiy şeriklik asosida yotoqxonalar qurişga subsidiya beriş hamda 80 mingdan ortiq talabaning ijara xarajatlari bir qismini qoplaş közda tutilgan.

Tibbiyotning birlamçi böğinini rivojlantiriş hamda hududlarda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni joriy etişga kelgusi yilda jami 8 trillion söm ajratilişi möljallanmoqda. Şundan 1 trillion sömi onkogematologiya, endokrinologiya, buyrak va jigar köçiriş kabi dasturlarga yönaltiriladi.

Koronavirusga qarşi emlanganlar sonini 17 million nafarga yetkaziş, ehtiyojmand aholiga ixtisoslaşgan tibbiy xizmatlar uçun ham zarur mablağ ajratiladi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident muallim va şifokorlarning oylik iş haqini bosqiçma-bosqiç oşiriş zarurligini ta'kidlab, buning uçun qöşimça mablağ yönaltirişni taklif qildi.

Qayd etilişiça, davlat budjeti loyihasida uy-joylar va ijtimoiy obektlar quriş, mahallalarni obod qiliş uçun 26 trillion söm ajratilişi rejalaştirilgan.