Hamburgda Turkiyadan kelgan samolyotda yo‘lovchi o‘lik holda topildi
Turkiya Pegasus Airline aviakompaniyasining Istanbuldan Germaniyaning Hamburg shahriga kelgan reysida o‘lik yo‘lovchi topildi. Keyinroq yo‘lovchining o‘limi sababini aniqlash uchun uning jasadi yorilganda, u koronavirusga chalingani aniqlangan. Bu haqda Focus online nashri xabar berdi.

Foto: detv.us
Voqea 25 oktyabrda yuz bergan. Vafot etgan yo‘lovchi 51 yoshli erkak bo‘lgan. U Istanbulga nima maqsadda borgani hozircha noma'lum.
Ayni vaqtda erkak koronavirus bilan kasallangan holda samolyot bortiga qanday chiqa olgani tergov qilinmoqda. Hamburgning sog‘liqni saqlash masalalari boshqarmasida Turkiyadan qaytuvchi har bir yo‘lovchi yoki koronavirusga qarshi emlangani haqidagi sertifikatni, yoki virusga topshirgan testi natijasi manfiy chiqqani haqidagi hujjatni taqdim qilishi kerakligi aytilgan. Boshqarmada ta'kidlanishicha, erkak bilan samolyotda uchib kelgan barcha yo‘lovchilar voqeadan xabardor qilinadi va karantinga ketishlari kerak bo‘ladi.
Pegasus Airline’da yo‘lovchi reysga koronavirus bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qilingan holdagina chiqa olgani aytilgan. Aviakompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, erkak bortga o‘tirishdan oldin emlanganlik haqidagi sertifikatni taqdim qilgan.
Mavzuga oid

16:20 / 17.04.2025
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

13:32 / 12.04.2025
Istanbul sobiq meri Imomo‘g‘li prokurorga tahdid qilgani uchun sudlanmoqda

08:29 / 27.03.2025