Bugun Urgutda duradgorlar ham xalqning oğirini yengil qilib kelişmoqda. Ular kuz fasli boşlangaç, boşqa hududlarida köp ham uçrayvermaydigan uy isitiş moslamasi — sandal yasaşga ötişadi. Keksa yoşdagilar bilişadi: ötgan asrning 70-80-yillarida sandaldan hatto yirik şaharlardagi hovlilarda ham foydalanişgan. Bugungi kunda u asosan uzoq toğ qişloqlarida saqlanib qolgan.
Urgut tumanidagi bir qator qişloqlar qatori Ğös qişloğida ham aksar xonadonlar qişning sovuq kunlarida uyni isitişda peçlar bilan bir qatorda sandallardan ham foydalanişadi.
Sandallar asosan Ğös qişloğining özida tayyorlanadi. Bu yerda sandal yasamaydigan duradgorning özi yöq. Ana şunday ustalardan biri Xöjaguzar mahallasida yaşovçi duradgor Şarif Qobilov.


Usta Şarif ança yillardan buyon duradgorlik qilib keladi. Yilning boşqa fasllarida eşik, deraza va söri yasaydigan usta kuz oylaridan boşlab sandal yasaşni boşlaydi.
«Qişloğimizdagi aksar eşik va deraza yasaydigan duradgor ustalar kuz kirgaç sandal yasaşni boşlaydi. Biz taraflarda gaz yöq, şu sababli odamlar uylarini isitişda turli vositalardan foydalanişadi. Kimdir elektr jihozlar bilan, yana kimdir peçka bilan uy isitadi. Şunday bölsa ham ularning aksariyati sandal ham örnatadi. Urgutdagi aksar xonadonlarda qiş faslida 1–2ta xonada sandal örnatilgan böladi», — deydi usta.


Ustaning aytişiça, sandal yasaş uçun asosan özimizning mahalliy kökterakning yoğoçlari işlatiladi. Sandalga Rossiyadan keladigan yoğoçlar, şuningdek, uning ustini yopiş uçun faner işlatilmaydi. Bunga sabab, sandalning ostiga qöyiladigan issiq çöğda Rossiya yoğoçlarining şirasi çiqişi mumkin. Fanerdan esa kley hidi kelib turadi. Böyalgan yoğoçdan esa böyoq hidi çiqişi mumkin. Şu uçun yoğoç tabiiy holda qoldiriladi.
«Avvallari bir mavsumda 150 tagaça sandal yasab sotardim. Keyingi yillarda çiroq öçmaydigan böldi va odamlar uyini elektr peçlarda isita boşladi. Şu sababli 2-3 yildan buyon bir mavsumda 70–80 ta sandal yasab sotaman. Sandalning eni asosan uç ölçamda: tört tomoni 100, 110, 120 santimetr qilib, balandligi esa ikki xil qilib yasaladi. Bundan taşqari, mijozning xohişiga qarab u aytgan ölçamda ham yasab beraveramiz»,









