Jami 161 ta boğdorçilik va poliz ekinlari böyiça fermerlar va tadbirkorlar uçun ajratilgan 23 milliard 700 million söm mablağ Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida fermerlarning hisob raqamlariga töliq tuşirib berildi.

Bu haqda Kun.uz'ga ma'lum qilgan Sirdaryo viloyati hokimligiga köra, Sardoba tumanidagi hisob-kitob işlari joriy hafta yakunlanişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça:

  • Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 65 ta fermer xöjaligi va tadbirkorlar uçun 18 milliard 112 million söm;
  • Sardoba tumanidagi 56 ta sub'yektga 3 milliard 260 million söm;
  • Oqoltin tumanidagi 40 ta sub'yektga esa 2 milliard 328 million söm mablağ tuman mahalliy budjetidan ajratilgan.

Kun.uz bilan gaplaşgan fermer xöjaliklari rahbarlari ham bank hisobraqamlariga Sardoba toşqini natijasida yetkazilgan zarar summalari tuşirib berilganini tasdiqladi.

Joriy yil sentabr oyida boğdorçilik va poliz ekinlari ekiş bilan şuğullanuvçi 100 dan ortiq sirdaryolik fermer Kun.uz'ga murojaat qilib, “Sardoba” toşqini taxminan 2 ming gektar maydondagi hosilni oqizib, yerlarni önglab bölmas holga keltirganini ma'lum qilgan. Qariyb bir yarim yildan buyon zararlari qoplab berilmagan fermerlar, şuningdek, soliqçilar tinmay bezovta qilayotganini ham ta'kidlagandi.

 

Oradan bir neça hafta ötgaç, fermerlar Sirdaryo viloyati Moliya boşqarmasi tomonidan Mirzaobod tuman hokimligi binosiga çaqirilgan. Fermerlar bilan suhbatlaşgan viloyat moliya boşqarmasi boşliği va boşqa mas'ullar ularga baholaş taşkiloti xulosasidagi zarar summasidan ança past pul taklif qilgan.

Holatga izoh bergan Sirdaryo viloyati Moliya boşqarmasi boşliği Oybek Rahimov baholaş taşkiloti çiqarib bergan summa tavsiyaviy xarakterga ega ekanini, fermerlarga faqat yetkazilgan zarar summasi qoplab berilişini aytgan. Fermerlar tomonidan boy berilgan foyda va summa böyiça boşqa holatlar sud tartibida hal qilinişi ma'lum qilingan.