Mazkur olimpiadani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, dunyo stomatologiya yo‘nalishidagi talabalarning kognitiv tadqiqot va ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, ularning kompetentligini sinash va raqobatbardoshligini oshirishdir.

Toshkent davlat stomatologiya instituti stomatologiya fakulteti talabalari Maftuna Eshonxo‘jayeva “Eng yaxshi terapiya” nominatsiyasida mutlaq g‘olib, Mirzoir Mirsoatov esa butun jamoa bellashuvi hisobida ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Institut talabalarining jahon miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarda g‘olibligi, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimi, xususan, oliy tibbiy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijasi bo‘lib, bo‘lajak mutaxassislarning kasb mahoratlarini egallashi, ilm-fan sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishda yetarli sharoit yaratilayotganini tasdiqlaydi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati Ⓣ