Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ta'kidlanishicha, bugungi kunda ko‘p qavatli xonadonlarga va uy-joylarga zamonaviy gaz hisoblash uskunalari o‘rnatish tadbirlari davom etmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, 2020-2021 yillar davomida poytaxtdagi jami aholi iste'molchilariga 616 799 dona zamonaviy gaz hisoblash uskunalari o‘rnatiladi.

Qayd etilishicha, bu uskunalarning 438 512 donasi ko‘p qavatli xonadonlarga, 178 287 donasi esa yerli xonadonlarga mo‘ljallangan. Buning uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali tomonidan 182 ta payvandchilar guruhi jalb qilingan.

Jami iste'molchilarni 2022 yilning 31 yanvariga qadar zamonaviy gaz hisoblagichlar bilan ta'minlash rejalashtirilgani aytildi.

Ma'lumot uchun, yangi hisoblagichlarni o‘rnatish aholi uchun bepul. Ular to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gazni avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yishi, shuningdek, ko‘rsatkichlarni markaziy dispetcherlik markaziga onlayn tarzda yuborishi mumkin.