Endilikda, Toşkent - Riga - Toşkent yönalişi böyiça aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba - duşanba va juma kunlari amalga oşiriladi.
Uşbu kunlardagi aviaparvozlar quyidagi harakat jadvali böyiça amalga oşiriladi (mahalliy vaqt): Toşkentdan jönab ketiş - 09:30; Rigaga keliş - 12:00; Rigadan jönab ketiş - 15:00; Toşkentga keliş - 23:00.
Mazkur yönaliş böyiça aviaçiptalar narxi bir tomonga 2 425 539 sömdan (bagajsiz) va 2 798 698 sömdan (bagaj bilan), şuningdek, boriş va qaytiş böyiça aviaçiptalar 3 930 368 sömdan (bagajsiz) va 4 477 669 sömdan (bagaj bilan) boşlanadi.
Bundan oldin, Toşkentdan Kiyevga parvozlar soni oşirilişi xabar qilingandi.

















