Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yöqolgan aşyolarni qabul qiliş, saqlaş va ularni egalariga qaytariş yoki ularni davlat arxiv idoralariga topşiriş böyiça davlat xizmati körsatişni yölga qöyiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Içki işlar vazirligi va Adliya vazirligining Içki işlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatiş va tuman (şahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yöqolgan aşyolarni jismoniy va yuridik şaxslardan qabul qiliş, saqlaş va ularni egalariga qaytariş yoki ularni davlat arxiv idoralariga topşiriş böyiça davlat xizmati körsatilişini yölga qöyiş haqidagi taklifiga rozilik beriladi.
2022 yil 1 martdan boşlab davlat xizmatlari markazlari tomonidan yöqolgan va topib olingan aşyolarni qabul qiliş, saqlaş, egalariga qaytariş yoki ularni davlat arxiv idoralariga topşiriş böyiça davlat xizmati körsatilişi yölga qöyiladi. Yöqotilgan aşyolarni qidiriş böyiça murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinadi.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2022 yil 1 martga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari agentligining budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari hisobidan yöqolgan aşyolarni qidiriş, topilmalar haqida ma'lumot oliş imkoniyatini nazarda tutuvçi “Topilmalar” avtomatlaştirilgan qidiruv tizimini joriy etadi. Içki işlar vazirligi bilan birgalikda işlab çiqilgan tizimni 2023 yil 1 yanvarga qadar içki işlar organlarining “Buyum” axborot tizimiga integratsiya qiladi.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2022 yil 1 martga qadar davlat xizmatlari markazlarida yöqolgan va topib olingan aşyolarni qabul qiliş, saqlaş, egalariga qaytariş yoki ularni davlat arxiv idoralariga topşiriş böyiça davlat xizmatini yölga qöyiş yuzasidan xavfsizlik talablariga javob beradigan maxsus xonalar (burçaklar), temir seyflar va zarur moddiy-texnika vositalari, axborot texnikalari bilan jihozlaydi.
















