Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portaliga «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunning 27-1-moddasini bekor qilişni sörab jamoaviy murojaat joylandi.
«2021 yil 15 apreldan kuçga kirgan «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunining 27-1-moddasini (Özbekiston fuqarolarining şaxsga doir ma'lumotlariga işlov berişning alohida şartlari) keng jamoatçilik tomonidan muhokama qilinmasdan qabul qilingani, uning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari hisoblab çiqilmagani hamda sönggi kunlarda jamoatçilikning qattiq noroziligiga sabab bölgani tufayli bekor qilişingizni söraymiz.
Bundan taşqari, 27-1-modda asosida Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning bloklanişi prezident Şavkat Mirziyoyevning internet yopilmasligi haqida aytgan gaplariga zid. Bu holat Özbekistonning internet va söz erkinligiga doir xalqaro maydondagi obrösini ham tuşirib kelmoqda.
Qolaversa, Tvitter va Tik-Tok tarmoqlari bloklangan ötgan davrda bildikki, xorijdagi bu tarmoqlar egalari bölgan kompaniyalar özlarining serverlarini Özbekistonga olib kelib örnatiş haqida öylab ham körganlari yöq. Özbekiston aholisining internetdagi faol qatlami esa bu çeklovlardan VPN orqali allaqaçon aylanib ötib ulgurişgan», deyiladi murojaatda.

Murojaat 4 noyabr kuni portal tomonidan ekspertiza uçun qabul qilingan.
Amaldagi tartibga köra, murojaat matni yuborilgaç, Mening fikrim veb-portali moderatori (Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti) murojaatni kamida 5 nafar şaxs qöllab-quvvatlaşi uçun murojaat taşabbuskoriga maxsus havolani jönatadi. Murojaat zarur miqdordagi şaxslar tomonidan qöllab-quvvatlangaç, moderator tomonidan 15 kunlik ekspertizaga qabul qilinadi.
Işçi komissiya moderatorning ekspertizasidan keyin murojaatni Mening fikrim veb-portaliga joylaştiriş töğrisida yoki joylaştirişni rad etiş haqida qaror qabul qiladi.
Işçi komissiyaning ijobiy qarori olingan taqdirda, murojaat moderator tomonidan Mening fikrim veb-portaliga umumiy ovoz beriş uçun joylaştiriladi.
Moderatorning ijobiy xulosasi olinmagunga qadar murojaatga ovoz berib bölmaydi.














