Rossiyaning Irkutsk şahri yaqinida An-12 yuk samolyoti yerga quladi va yonib ketdi. Buning oqibatida ekipaj a'zolarining barçasi halok bölgan.
Samolyot Belarusning “Grodno” aviakompaniyasiga tegişli bölgan. U Çukotkaga yuk taşiş bilan şuğullangan. Samolyot Irkutskdan 7 km uzoqlikda aniqlangan. Taxmin qilinişiça, samolyot qönayotgan vaqtda halokatga uçragan.
Samolyot Yakutskdan Irkutskga yönalayotgan bölgan va uning bortida 7 kişi, jumladan, rossiyalik, belaruslik va ukrainaliklar bölgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, samolyotning qulaşiga texnik nosozlik yoki yomon ob-havo sabab bölgan bölişi mumkin. Biroq manbalarning xabar berişiça, samolyot parvoz oldidan normal holatda bölgan hamda parvozoldi tekşiruvidan ötkazilgan.
Ma'lum qilinişiça, samolyotdan 1968 yildan beri foydalanib kelingan.
“Samolyot 1968 yildan beri, ya'ni 53 yildan köproq vaqt işlatib kelingan. U Toşkent mexanika zavodida yiğilgan. Samolyot dastlab sobiq ittifoq harbiy-havo kuçlari tarkibida bölgan, u yerdan Air Armenia’ga, söngra Asia Airways’ga va oxiri “Grodno”ga berilgan”, deb ma'lum qilgan manbalardan biri.
Ta'kidlanişiça, yonğin öçirilgaç, falokat joyida 5 kişining jasadi aniqlangan. Biroq ekspertizasiz ular şaxsini aniqlaşning imkoni yöq. Şuningdek, bortdagi yana 2 kişini qidiriş işlari olib borilmoqda.
An-12 mahalliy vaqt bilan soat 19:45da radarlardan yöqolib qolgan.
Belarus aviatsiya idoralari samolyot “Grodno” aviakompaniyasiga tegişli bölganini tasdiqlagan. Biroq kompaniyaning özida hozirça voqeaga izoh berilmagan, çunki nima yuz berganini hali aniq bilişmaydi.
Halokat yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, “Grodno” aviakompaniyasi yuk taşiş bilan şuğullanadi va öz aviaparkida bittadan An-30 va An-32, 3 ta An-12 va 11 ta An-2’ga ega.

















