Telegram qöllab-quvvatlaş markazi vakili Davronbek Rustamov Özbekistonda uşbu messenjerni bloklaşga uriniş xronologiyasini keltirib ötdi.

Uning öz kanalida yozişiça, “Özkomnazorat” Telegram'ni blokirovka qilişga urinişni 3 noyabr kuni soat 19:15da boşlagan. 19:25da Telegram jamoasi bu urinişdan xabar topgan.

21:00ga kelib, Telegram tomonidan blokirovkaga qarşi körilgan çoralar natijasida messenjer yana proksi-server va VPN'siz işlay boşlagan.

Soat 21:37da prezident matbuot xizmati mazkur harakatlar davlat rahbarining xabarisiz qilinganini, 22:06da esa “Özkomnazorat” rahbari işdan olinganini ma'lum qildi.

Telegram vakili soat 23:10da joylagan postida yozişiça, qisqa vaqt içida blokirovkaga qarşi TeleUz proksi-serveridan 13 250dan ortiq kişi foydalangan.

Davronbek Rustamovning qayd etişiça, 2 iyul kuni “Özkomnazorat” tomonidan “Telegram Messenger LLP” boş direktori Pavel Durov nomiga xat yuborilgan. Ammo qabul qiluvçi manzilga Telegram ofisining eski manzili körsatilgan, natijada xat adresatga yetib bormagan.

“Bilişimça, boşqa xat yuborilmagan”, – deya yozdi Telegram qöllab-quvvatlaş markazi vakili.

U kuni keça Özbekistonda şaxsiy ma'lumotlar töğrisidagi qonunçilik kuçaytirilgani, endilikda ijtimoiy tarmoqlar ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilişi ham mumkin bölganini qöşimça qilgan.

Telegram 2018 yil aprelidan boşlab “Roskomnadzor” tomonidan Rossiya hududida çeklab qöyilgan, biroq messenjer dasturçilari bu çeklovni oson xatlab ötiş yölini topa olgan edi. Çeklov örnatilganidan to bekor qilingan 2020 yil iyuniga qadar messenjerning Rossiyadagi foydalanuvçilari soni bir neça ön barobarga oşgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil 15 apreldan Facebook, Google, Telegram va boşqa servislar Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma'lumotlarini jisman Özbekiston hududida saqlaşi şartligi haqidagi modda kuçga kirgandi.

“Özkomnazorat” may oyidan uşbu qonun ijrosiga kirişgan va yuqoridagi talabni bajarmagan ijtimoiy tarmoqlar bloklab kelinmoqda. Lekin bu qonun talablari jiddiy salbiy oqibatlarga ega va qonunning 27-1-moddasiga