Jizzax viloyati Baxmal tumanida boşqaruvni yöqotgan GAZ-35 yuk maşinasi ağdarilib ketgan. Oqibatda uning yölovçisi 16 yoşli bola voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 21 oktabr kuni soat 17:20 larda Jizzax viloyati Baxmal tumanidan ötgan 4K247 Ösmat-Uzunbuloq avtomobil yölining 14-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

1989 yilda Baxmal tumani Uzunbuloq QFYda tuğilgan haydovçi GAZ-35 yuk maşinasini Uzunbuloq-Zafarobod yönalişi böylab boşqarib ketayotganda boşqaruvni yöqotib yöl çetiga çiqib ağdarilgan. Oqibatda maşina salonida yölovçi sifatida ketayotgan voyaga yetmagan 2005 yilda tuğilgan Baxmal tumani Uzunbuloq QFYda yaşovçi bola oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Baxmal tumani IIB tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.