Smartfonga qaramlik smartfonga boğliq muammo emas. Agar şunday bölganida undan butunlay qutuliş töğri yeçim bölar edi. Muammo siz qaysi ilovalardan qanday foydalanayotganingizda.
Yozuvçi va muharrir Megan Golşteyn smartfonga qaramlikni yengiş böyiça köplab usullarni özida sinab kördi. U telefondagi ijtimoiy tarmoqlarni butunlay öçirib taşlaşga harakat qildi, hatto smartfon ekranini oq-qora qilib ham qöydi. Lekin bularning bari heç qanday natija bermadi. Natijada u 5ta qadamdan iborat qöllanmani işlab çiqdi.
1.Foydali ilovalarni zararlilaridan farqlang
Megan dastlab qaysi ilovalar siz uçun foydali, qaysilari esa zararli ekanini aniqlab olişni taklif etadi. Foydali ilovalarga, masalan, bank dasturlari, kalkulyator, taqvim, karta va boşqalarni kiritiş mumkin. Öyin, ijtimoiy tarmoq, selfi uçun ilovalar esa zararli.
Biroq buni aniqlaş individual xarakter kasb etadi. Masalan, köpçilik uçun Instagram zararli, çunki u köp vaqt oladi va heç qanday foyda keltirmaydi. Biroq agar iş faoliyatingiz ijtimoiy tarmoqlarga boğliq bölsa, Instagram siz uçun nafaqat foydali, balki zarur bölişi ham mumkin.
Golşteyn zararli ilovalarning turli belgilarini sanab ötadi:
- Siz bu ilovani oçiş va tekşirib köriş hissini yengib bölmasligini bilasiz;
- Unda vaqtingizning köp qismini ötkazganingizga afsuslanasiz;
- U hayotingizni yaxşilaş örniga yomonlaştiradi;
- U heç qanday foyda keltirmaydi.
Smartfondagi foydali va zararli dasturlar röyxatini tuzing. Ana şunda qaysilarini çeklaş kerakligini aniq bilasiz.
2. Haqiqatan zararli bölgan dasturlarni öçiring
Agar telefoningizda siz foydalanmaydigan, xotirani bekorga egallab yotgan ilovalar bölsa, ularni öçiring. Heç qaçon ilovani “qaçondir kerak bölib qolar” degan tamoyildan kelib çiqib yuklamang.
Ilovani öçirişga qaror qilgaç, bir neça daqiqa vaqt sarflab, u bilan boğliq akkauntni ham öçiring.
Telefon öyinlarini ham öçiring. Töğri, ular bilan vaqt ötkaziş maroqli. Biroq ana şu maqolani öqişga qaror qildingizmi, demak, smartfonda vaqtingizning köp qismini bekorga sarflayapsiz.
3. Qolgan ilovalarni qaytadan joylaştiring

















