Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston havo ifloslanishi reytingida birinchi o‘ringa chiqdi
Foto: Kun.uz
Havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha onlayn reytingda O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqdi. Keyingi o‘rinlarda Hindiston va Xitoy davlatlari turibdi.
Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston (4-o‘rin) va Tojikiston (9-o‘rin) ham o‘rin olgan.
Ma'lumot uchun, 4 noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, xususan Toshkent shahrida g‘ayrioddiy chang bo‘roni boshlandi.
«O‘zgidromet»ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik statsionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko‘tarila boshlagan. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me'yordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilgani qayd etilgan.
Respublika hududida 12 noyabr kuniga qadar yog‘ingarchiliklar (janubiy viloyatlardan tashqari) kuzatilmasligi sabab, atmosfera havosida chang-g‘uborlarning yaqin kunlar ichida saqlanib qolish ehtimoli mavjud.
Mavzuga oid
20:30 / 24.01.2026
Tabiiy ventilyatsiyani yaxshilash orqali Toshkentda chang miqdorini kamaytirish va yozda haroratni pasaytirish rejalashtirilmoqda
16:26 / 25.11.2025
O‘ta iflos havo ostida: Kechiktirib bo‘lmaydigan choralar qo‘llanmoqda
12:51 / 24.11.2025
Yo‘llarda chang va chiqindilarga qarshi: ochiq yuk platformalarini yopish talab etilyapti
14:05 / 21.11.2025