Nurafshon şahrida haykal va yodgorlik majmuasi quriş uçun 28,4 mlrd söm (2,6 mln dollardan ortiq) mablağ ajratilgani tanqidlarga sabab bölmoqda.
II jahon uruşida beş öğlini yöqotgan Zulfiya Zokirovaga bağişlanadigan majmua qurilişi uçun bunça mablağni Toşkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov 3 noyabr kungi farmoyişi bilan ajratgan.
“Agar rostdan ham Zulfiya opaga ehtirom körsatmoqçi bölsak, opaning nomidan ana şu 28 milliard sömga bitta maktab quraylik! Töytepaning yölini tuzataylik! 200 ta kambağalga uy qurib beraylik! Bu işimizdan Alloh ham, Zulfiya opaning ruhi ham, xalqimiz ham rozi böladi”, – deya munosabat bildirdi jamoatçilik faoli Alişer Nazir.
Iqtisodçi Otabek Bakirov davlat budjeti defitsiti YaIMga nisbatan 6 foizga yaqinligi, respublika konsolidatsiyalaşgan budjeti bir neça ön trillion söm kamomadda ekanini eslatdi.
“Dunyoning heç bir mamlakatida heç kim saylamagan taqsimlovçilar qöliga bunçalar köp mablağ tortiq qilinmagan”, – deydi u.

Toşkent viloyat hokimligi axborot xizmati holatga izoh berib, Zulfiya Zokirova yodgorlik majmuasi prezident Şavkat Mirziyoyevning viloyat saylovçilari bilan uçraşuvdagi taklifi asosida bölayotganini bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, uçraşuvda Zulfiya Zokirova hamda viloyatning asl farzandlari, yetuk qahramonlari, mustabid tuzum davrida qatağonga uçragan istiqlol fidoyilari nomini abadiylaştiriş taklifi jamoatçilik tomonidan iliq kutib olingan.

















