O‘zbekistonda daraxt ekish 40 kunligi e'lon qilindi. Ko‘chat o‘tqazish kampaniyasi bilan ish bitadimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi videoselektor yig‘ilishida ekologiya muammolariga e'tibor qaratdi. Yig‘ilishda daraxt ekish dolzarb 40 kunligi e'lon qilindi.

O‘zbekistonda yiliga 200 mln tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.
«Shuncha yil «qog‘ozda» ekilgan daraxtlar hisoblansa, O‘zbekistonda bo‘sh joy qolmasligi kerak edi. Tizim, qarov bo‘lmagani uchun ekilganining ham ko‘pi qurib ketdi», dedi prezident.
Quyidagi suratlar ham bu so‘zlarni dalillaydi. Suratlar shu yilning 1 sentyabr kuni Samarqand viloyatining mashhur Cho‘ponota tepaligida olingan. Unda tepalikka ekilgan daraxtlar qarovsiz qolgani bois qurib qolganini ko‘rish mumkin. Daraxtlar ekilgan, biroq sug‘orish tizim mavjud emasligi, o‘z vaqtida sug‘orilmagani o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. 150 yildagi eng issiq yoz havosi esa, hal qiluvchi zarbani bergan va daraxtlar qovjirab qolgan.
Afsuski, bu kabi holatlar faqatgina Cho‘ponota tepaligida emas, barcha viloyatlar va tumanlar, shaharlar ko‘chalarida uchraydi. Kun.uz 2019 yil yozida Andijon viloyatidagi «Xonobod» dam olish maskani tevarak atrofidagi holatga doir fotoreportaj e'lon qilgandi. Hozirda bu joylar yaydoq holga kelgan.
Millionlab ko‘chatlar ekishdek xayrli tashabbus ilgari surilgan ekan, ularning to‘liq ko‘karishini ta'minlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim bo‘ladi. Umid qilamizki, daraxt ekish loyihasi puxta rejalashtirilib, sug‘orish tizimlari tashkil etilgan holda amalga oshiriladi, ko‘p suv talab qiluvchi, odamlarga soya ham bermaydigan va aksar hollarda qurib qoladigan archa ko‘chatlarini ekishni davom ettirishga barham beriladi.
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024