Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida chorva mollarini talon-toroj qilgan MChJ sobiq direktoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston qorako‘lchilik” MChJning Mirishkor tuman filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda MChJning sobiq rahbari Ch.X. o‘zining javobgarligida bo‘lgan umumiy bahosi 604,7 million so‘mlik jami 2 429 bosh mayda shoxli mollarni sotib yuborib, sotuvdan tushgan mablag‘larni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda 260 bosh qo‘yning pulini o‘zlashtirib ketgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda korxonaning 1 milliard so‘mlik dori vositalarini talon-toroj qilgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi