2021 yil 5 noyabr kuni soat 20:00larda, Bektemir tumanida joylaşgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan xodim R.Tilepov tomonidan Toşkent viloyatidan Toşkent şahriga kirib kelayotgan, IIO xizmat kiyimini kiyib olgan, 1996 yilda tuğilgan haydovçi T.Ğ. boşqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobil töxtatilgan. Özaro muloqot davomida haydovçi özining xatti-harakatlari bilan YPX xodimida şubha uyğotgan. Şundan söng tekşiruvlar natijasida, fuqaro T.Ğ. Içki işlar idoralarining heç qaysi tizimida xizmat qilmasligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga topşirilgan.
5 noyabr kuni soat 22:30larda Çilonzor tumanida joylaşgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Jumanazarov va R.Ğofurovlar tomonidan Toşkent viloyati hududidan poytaxtga kirib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil töxtatilib, xolis va guvohlar iştirokida tekşirilganida, haydovçi, 1979 yilda tuğilgan T.I.ning çöntagidan 1000 sömlik pul kupyurasiga öralgan, 2 dona oq qoğoz parçalariga solingan, jigar rangli, ötkir hidli, saqiçsimon moddalar topilgan. Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, fuqaro va aniqlangan moddalar Çilonzor tumani IIO FMBga topşirilgan.
5 noyabr kuni soat 01:00larda, Çilonzor tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari B.Mirzarahimov, S.Ğulomov va L.Qurbonovlar tomonidan Bunyodkor köçasi böylab harakatlanib kelayotgan "Matiz" rusumli avtomobil töxtatilib, haydovçi, 1984 yilda tuğilgan O.A.ning ma’lumotlari planşet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekşirilganda fuqaro O.A. Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2020 yil 21 oktabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bölgan. Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, fuqaro O.A. Çilonzor tumani IIO FMBga topşirilgan.

















