Peru mudofaa vaziri Uolter Edison Ayala Gonsales iste'foga chiqishini e'lon qildi.

«O‘z lavozimimni respublika prezidenti va qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoniga topshiraman», - deb yozdi u tvitterida.

El Comercio gazetasining yozishicha, vazir qator yuqori lavozimdagi harbiylarning u mamlakat prezidenti Pedro Kastiloga yaqin odamlarni rahbarlikka olib chiqish uchun bosim o‘tkazayotgani to‘g‘risidagi shikoyatlaridan so‘ng iste'foga chiqqan.

2 noyabr kuni ichki ishlar vaziri Luis Barransuela pandemiya davrida IIVning o‘zi joriy etgan tartibini buzib bazmlar o‘tkazishda ayblanganidan so‘ng iste'foga chiqishga majbur bo‘lgandi.