Qoraqalpoğistonning sobiq prokurori Ikromjon Polvonov oğir xastalik oqibatida 44 yoşida vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
I. Polvonov 1977 yilda Törtköl tumanida tuğilgan. 1999 yilda Toşkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan.
Faoliyatini Törtköl tumani prokuraturasida boşlab, Nukus şahar prokuraturasida yordamçi, katta tergovçi lavozimlarida işlagan.
2004 yilda Qoraqalpoğiston prokurori yordamçisi bölgan, keyinroq Özbekiston boş prokuraturasida boşqarma prokurori lavozimini egallagan.
2008 yilda Xorazm viloyatining Xonqa tuman prokurori etib tayinlangan Polvonov keyinroq Buxoro viloyati prokurori örinbosari, Qoraqalpoğiston prokurori örinbosari va birinçi örinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan.
U 2014 yil – 37 yoşida Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori etib tayinlangan va bu lavozimda 2016 yilgaça işlagan edi.
Ikromjon Polvonov vafotiga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirişga oid qonunçilik ijrosi ustidan nazorat bölimi prokurori vazifasida işlayotgandi.
Oldinroq Özbekiston prezidenti huzuridagi Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mirzamuratov vafot etgandi.











