Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi bog‘chada me'yordan kam go‘sht ishlatilib uch kunda 6 kilogramm go‘sht orttirib qolingani aniqlandi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada me'yordan kam go‘sht ishlatilib, uch kunda 6 kilogramm go‘sht orttirib qolingani aniqlangan. Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi surishtiruv olib boryapti. Bu haqda viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 noyabr kuni Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi ijtimoiy soha obektlariga tashrifi davomida, tumandagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga ham borgan.
Mutasaddi bog‘chadagi ta'lim-tarbiya jarayonining sifati, kadrlar salohiyati, bolalarni sog‘lom ovqatlantirish hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan.
Tanishuv jarayonida 2-sonli davlat bog‘chasida oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati hamda tarbiyalanuvchilarga berilayotgan kunlik ovqatlanish jarayoni ko‘zdan kechirilganda uch kun davomida belgilangan me'yordan kam go‘sht ishlatilgani aniqlangan.
Jumladan, bog‘cha xo‘jalik mudiri tomonidan joriy yil 8 noyabr kuni omborxonaga 54 kg go‘sht olib kelingan. 3 kundan so‘ng omborxonadagi go‘sht o‘lchab ko‘rilganda 12,7 kilogramm o‘rniga 18,7 kilogramm go‘sht qolgani, bu esa belgilangan me'yordan 6 kilogramm ortiqcha ekani ma'lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 2-sonli bog‘chadagi holat aniqlik kiritish hamda unga huquqiy baho berish uchun Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasiga ma'lum qilingan. Hozirda mazkur ish yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Paxtachi tumanida 28-sonli bog‘chaning xo‘jalik ishlari mudirasi 4,7 kilogramm go‘shtni muassasa hududidan olib chiqib ketayotganida tarbiyachilar tomonidan to‘xtatib qolingandi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026