Aslida bugungi qahramon ayolimizning tanlagan kasbi nozik xilqat vakilalari uçun oğirlik qiladigandek. Lekin u oilasi farovonligi uçun payvandçilik hunarini egalladi. Biz Andijon tumani Baxt mahallasida yaşovçi Yulduzxon Yunusovaning xonadoniga kirib borganimizda u temir guldon yasayotgan ekan.

“Yoşligimda döppidözlik hunarini egallab, turmuşga çiqqanimdan söng ham uzoq yillar şuğullanib keldim. Töğrisi, bu hunardan hozir daromad yaxşi emas. Turmuş örtoğim payvandçi. Bu hunardan esa daromad yaxşi. Faqat biror joyda buyurtmaga asosan “naves”, “barer” yoki panjara kabi işlarni bajargani yordamga ikkita şogird bilan boradi. Deylik, yuz ming topsa, uçga bölinadi. Mana şu pul bölinmasin, özimizning oilaga kirsin, deb payvandçilikni örganib, yoniga kirdim.

 

Yoşligimdan şaddod bölib ösganman, kimningdir oldiga böyin egib boriş men uçun qiyin masala. Bir-ikki marta mahalla fuqarolar yiğini, tuman hokimligiga yordam sörab bordim. Yordam berişdi. Özimga özim “Birovdan söramaslik uçun mehnat qiliş kerak” deganman va harakat qilib payvandçilik hunarini egalladim. Bolalarimiz katta bölyapti. Uylaydigan, qiz çiqaradigan paytimiz yaqin. Şuning uçun harakat qilmasak bölmaydi. Farzandlarimiz ham yordam berib, mehnatga örganyapti”, – deydi Yulduzxon Yunusova.

Avvaliga harakatçan ayolning eri uning payvandçilikni örganişiga qarşilik qiladi. Sözida qat'iy turgan Yulduzxon niyatiga yetib ayni kunda eri bilan birga va özi mustaqil holda buyurtmaga asosan turli buyumlar yasamoqda.

Töğrisi, ikki öğil va bir qiz katta bölayotgan oilaning yaşaş şaroiti tökis deb bölmaydi. Bir xonali uyda yaşaydi. Lekin Yulduzxonning kelajakdan umidlari katta va tilidan “şukr” sözi tuşmaydi.