O‘zbekiston | 08:43 / 11.11.2021
3852
3 daqiqa o‘qiladi

Kvartirani xususiylashtirishga rozi bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma'lumotni olishning ma'muriy reglamenti tasdiqlanadi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish hamda davlat ko‘chmas mulk obektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma'muriy reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.

Prezidentning 2021 yil 24 iyuldagi PF–6269-son farmoniga asosan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olish hamda davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha ariza (buyurtmanoma) berish Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Hujjatda aytilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar keng ko‘lamda Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tkazilmoqda.

Qaror loyihasining 1-ilovasiga muvofiq, alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olishning ma'muriy reglamenti tasdiqlanishi ko‘zda tutilib, unga ko‘ra bir qancha yangiliklar kiritilishi qayd etilmoqda.

Jumladan, alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali olish; ma'lumotlarni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olish imkoniyati joriy etish.

Reglament tasdiqlanishi natijasida ma'lumotlarni olishda inson omili kamayadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning vaqti tejalishiga erishiladi.

Shuningdek, qaror loyihasining 2-ilovasiga muvofiq, davlat ko‘chmas mulk obektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlanishi ko‘zda tutilib, unga ko‘ra davlat ko‘chmas mulk obektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish elektron shaklga o‘tkazilmoqda.

Reglament tasdiqlanishi natijasida yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YaIDXP orqali davlat ko‘chmas mulki obektni xususiylashtirish bo‘yicha buyurtmanoma berish imkoniga ega bo‘ladi. 

Mazkur reglamentlarda ko‘rsatilgan xizmatlar 2022 yil aprelga qadar to‘liq joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid