Qashqadaryoda pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda sotayotgan shaxslarga chora ko‘rildi

Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyatida pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda sotayotgan shaxslarga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 noyabr kuni soat 9:00 larda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumot asosida viloyat IIB PPX va JTSB hamda Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida «Pirotexnika vositalarining noqonuniy realizatsiyasiga qarshi kurashish» bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro M.B noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtda to‘xtatib qolingan. Undan umumiy qiymati 2 million 496 ming so‘mlik jami 6768 dona «Britanik» va «Solovey razoynik» yozuvli pirotexnika vositalari hujjatlashtirib olingan.
Bundan tashqari, 2021 yil 11 noyabr kuni soat 9:30 larda viloyat IIB va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbirda Shahrisabz tumani Iftixor mahallasida yashovchi A.E. Shahrisabz shahrida joylashgan buyum bozori hududida umumiy miqdori 100 ming so‘m bo‘lgan 1 blok pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda sotayotganda ushlangan. Undan pirotexnika vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, har ikki holat bo‘yicha qonunlarda belgilangan tarzda chora ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston | 11:49
-
Remontada «Old Trafford»da bo‘ldi. «MYu» 7 daqiqada uchta gol urib yarimfinalga chiqdi
Sport | 11:41
-
Gurjiston chet elliklarni chiqarib yuborish tartibini soddalashtiradi
Jahon | 11:39
-
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Iqtisodiyot | 11:09
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi

20:21 / 12.03.2025