Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xotinini o‘ldirib quduqqa ko‘mib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida xotinini avval kaltaklab qo‘l-oyog‘ini sindirgan, so‘ng o‘ldirib quduqqa ko‘mib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Koson tumanidagi 36-maktabda ushbu tumanda bundan ikki yil oldin sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sh.H.Satvoldiyev, tuman hokimligi, prokuraturasi, IIB va mahalla faollari hamda jinoyat sodir etgan shaxsning oila a'zolari ishtirok etgan.
Tadbirda viloyat IIB tomonidan bundan ikki yil oldin Koson tumanida sodir bo‘lgan jinoyat tafsilotlari oshkor qilingan. Unga ko‘ra Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holatda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo‘l-oyoqlarini sindirgan va qasddan o‘ldirgan. So‘ng, jasadni quduqqa tashlab, uni tuproq bilan to‘ldirib ko‘mib yuborgan.
Qayd etilishicha, avval ham qotillik jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bu shaxs muttasil spirtli ichimlik iste'mol qilib kelgan va uyda tinimsiz janjal ko‘targan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan Q.T.ga nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilgan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026