Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xotini va qaynonasini o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Samarqand viloyatida turmush o‘rtog‘i va qaynonasini o‘ldirgan shaxs uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat sudi matbuot kotibi xabar berdi.
Foto: KUN.UZ
Ma'lum bo‘lishicha, joriy yil 18 iyul kuni soat 23:00larda Past Darg‘om tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi O. spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar ta'sirida ota uyiga arazlab ketgan xotinini qaytarib olib kelish uchun uning oldiga borgan.
U yerda qaynonasi va xotini bilan yana janjallashib qolgan va ularni shavqatsizlarcha do‘pposlagan. Holatga guvoh bo‘lgan qayin ukasini ham urgan. Oqibatda xotini va qaynonasi og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida aybdorga hukm o‘qilgan. Sud hukmiga ko‘ra O. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 24 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026