Ma'lum qilinishicha, Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 15-17 noyabr kunlari «O‘zbekiston Respublikasi – Yevropa Ittifoqi» Hamkorlik kengashining 16-majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar ham o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun, Belgiya poytaxti – Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining shtab-kvartirasi, NATO ofisi hamda Benilyuks davlatlari kotibiyati joylashgan.











