Iroq hukumati Polşa va Belarus çegarasidagi öz fuqarolarini olib çiqib ketişni boşlaydi. Bu haqda Iroq taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlik vakili Ahmad as-Sahhofning sözlariga köra, Belarusdagi vaqtinçalik lagerlarda 571 nafar Iroq fuqarosi borligi aniqlangan.

Avvalroq Iroqning Iraqi Airways milliy aviakompaniyasi Belarus poytaxti Minskka parvozlarni tiklamaslikka qaror qilgandi.

Şuningdek, Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Minskka reyslariga Iroq, Suriya va Yaman fuqarolarini qöymasligini ma'lum qilgan. Bunga Polşa-Belarus çegarasidagi migratsion inqiroz sababçi.

Yozda Belarusning Polşa va Boltiqböyi davlatlari bilan çegarasida Ğarbiy Yevropaga ötişga urinayotgan Yaqin Şarq va Afrikadan qoçqinlar oqimi köpaygandi.

8 noyabrda Polşa va Belarus çegarasida 2 mingga yaqin qoçqin yiğilgandan keyin vaziyat keskin tus olgan. Polşalik harbiylar qoçqinlarning çegarani yorib ötişga qaratilgan bir neçta urinişlarining oldini olişgan.