Avvalroq Turkish Airlines migratsiya inqiroziga aloqadorlikda ayblangandi. Aviakompaniya bir qator ğarb ommaviy axborot vositalarida Belarus hukumati bilan hamkorlik qilayotganlikda va respublikaga migrantlarni yetkazayotganlikda ayblangan.
“Turkish Airlines Minskkaça samolyotlariga Iroq, Suriya va Yaman fuqarolarini olmaslikka va'da berdi. Diplomatik pasport egalari bundan mustasno”, deb yozgan Kumox Twitter’da.
Avvalroq Bloomberg axborot agentligi Polşa va Belarus çegarasidagi migratsiya inqirozi sababli Rossiyaning “Aeroflot” va Turkish Airlines aviakompaniyalariga sanksiyalar kiritilişi mumkinligini ma'lum qilgan. Ikkala kompaniya ham Belarusga migrantlarni yetkazişga aloqador emasligini aytgan.
Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maas Yevropa ittifoqi migrantlarni noqonuniy taşişga aloqador barça şaxslar, kompaniyalar va Minskka qarşi sanksiyalarni kengaytirişni rejalaştirayotganini ta'kidlab ötgan.
Yozda Belarusning Polşa va Boltiqböyi davlatlari bilan çegarasida Ğarbiy Yevropaga ötişga urinayotgan Yaqin Şarq va Afrikadan qoçqinlar oqimi köpaygandi.
8 noyabrda Polşa va Belarus çegarasida 2 mingga yaqin qoçqin yiğilgandan keyin vaziyat keskin tus olgan. Polşalik harbiylar qoçqinlarning çegarani yorib ötişga bir neçta urinişlari oldini olişgan.
Litva, Latviya va Polşa uşbu vaziyatda Belarusni ayblamoqda, biroq Minsk bu ayblovlarni rad etmoqda. Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minsk qoçqinlar oqimini boşqa uşlab turmasligini, çunki Ğarb sanksiyalari sababli mamlakatda “bunga na kuç va na pul borligi”ni aytgan.

















