O‘zbekiston | 07:48 / 15.11.2021
1876
1 daqiqa o‘qiladi

Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy etiladi

Foto: Getty Images

Adliya vazirligi tomonidan qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.
 
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonun normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhini nazarda tutadi. Konstitutsiya va qonun normalariga rasmiy sharh Konstitutsiyaviy sud tomonidan beriladi.

Biroq, amaldagi qonunchilikda qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi nazarda tutilmagan, bu mazkur amaliyotni to‘liq rivojlantirishga imkon bermaydi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi loyiha lingvistik, tizimli, mantiqiy va tarixiy usullarni qo‘llash orqali rasmiy sharh tushunchasi va turlarini belgilaydi.

Shuningdek, vakolatli organlarning harakatlari tartibi, arizani ko‘rib chiqish muddatlari, tegishli hujjatning loyihasiga rasmiy sharh berish va ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilish aniqlashtirilgan.

Mavzuga oid