Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 oyda eng ko‘p egizaklar qaysi viloyatda tug‘ilgani ma'lum qilindi
O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida 13 792 nafar egizaklar tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, respublikada 13 792 nafar egizaklar tug‘ilgan.
Hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni (yanvar-sentabr oylarida) bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 1740 nafar. Keyingi o‘rinlardan Andijon viloyati (1428 nafar) va Qashqadaryo viloyati (1402 nafar) joy oldi.
Qolgan hududlarda egiz tug‘ilganlar soni quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Farg‘ona viloyati – 1204 nafar;
- Namangan viloyati – 1158 nafar;
- Toshkent viloyati – 1149 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 1109 nafar;
- Toshkent shahri – 1000 nafar;
- Buxoro viloyati – 740 nafar;
- Xorazm viloyati – 691 nafar;
- Jizzax viloyati – 648 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 630 nafar;
- Navoiy viloyati – 479 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 414 nafar.
Mavzuga oid
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026