Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurori örinbosari DXX tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 8 ming dollar pora olayotgan vaqtga qölga olindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda. Boş prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqladi.

«15 noyabr kuni  taxminan soat 16.30 larda huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurorining örinbosari 8.000 AKŞ dollari olgan vaqtida uşlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda», – deya Kun.uz'ga ma'lum qildi boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov.

Bir neça kun avval Andijon viloyati prokuraturasida mas'ul lavozimda işlovçi şaxs huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 15 000 AQŞ dollari olgan vaqtda qölga olingani xabar berilgan edi.

Şuningdek, DXX Jizzax viloyatida tuman prokurorini 2 ming dollar pora bilan, Samarqand viloyatida tuman prokurori örinbosarini 10 ming dollar pora bilan qölga olgandi.

Sentabr oyida jamoatçilikka oçiqlangan bu holatlar aynan qaysi tumanlarda röy bergani hozirgaça noma'lum bölib qolmoqda.