Prezident “Ğalla yetiştiriş va sotişda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligining:

2021 – 2022 yillarda “Özdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarini ğallaçilik klasteri taşkil etiş taklifini bildirgan tadbirkorlik sub'yektlariga sotiş uçun baholaş va faoliyat yönalişini özgartirmaslik şartida oçiq savdolarga qöyiş;

“Özdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalariga tegişli 20 ta uruğlik don tayyorlaş sexlarini uşbu korxonalarning soliq va Jamğarma oldidagi qarzdorligini (ular böyiça hisoblangan penyalar, şuningdek, obektni ötkaziş natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytiriş hisobiga Uruğçilikni rivojlantiriş markaziga beriş va töliq modernizatsiya qiliş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Bunda, qarzdorlik mavjud bölmagan hollarda obektlar “Özdonmahsulot” AKdagi davlat uluşi va “Özdonmahsulot” AKning don korxonalaridagi uluşini tegişinça kamaytiriş hisobiga beriladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi “Özdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tadbirkorlik sub'yektlariga sotilgandan söng, “Özdonmahsulot” AKni belgilangan tartibda tugatiş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.