Azizbek 2018 yilda Toşkentda operatsiya qilinib, tanasidan 11 ta igna olib taşlangan, 3 tasini esa olişning iloji bölmagani bois bolaning tanasida qoldirilgandi. 17 kunlik komadan keyin öziga kelgan bolakay möjiza ölaroq yaşab ketdi.



Biz Xudoyberdiyevlar xonadonida uning ota-onasi Azimjon va Şohsanamxon bilan suhbatlaşdik. Azizbek tört yarim yoşga kiribdi. Şöx, tinimsiz harakatda ekan.



“Avvalambor, xalqimizga katta rahmat aytaman. Bolamning haqiga duoda turişdi. Tibbiyot xodimlarining ham yordami beqiyos. Ular Azizbekning dardini aritiş uçun bor kuçini berişdi.

Bolamning holatiga kelsak, operatsiyadan söng yaxşi tomonga özgargan. Ança öynab qoldi. Yurişga harakat qilyapti. Lekin baribir örtoqlaridan ozgina orqada. Gapirişga harakat qilyapti.

Şunisigayam şukr. Mana, ikki oy böldi, boğçaga berdik. Boğçaniyam ança foydasi bor ekan. Odamovi bölib qoluvdi. Odamlargayam kirişişni örgandi.
Öng taraf oyoq-qölida tonusi bor. Massaj olib, davolovçi gimnastika qilyapmiz. Natijada öng oyoğini bosib qoldi. Öng qölida ozgina harakat çeklanişi bor. Nevropotologlar vaqt ötgan sari sekin-sekin tarqab ketadi deyişdi.

Bolam operatsiyadan keyin 17 kun komada yotgan. Şuning ta'siridan deb öylayman. Vraçlarning aytişiça, koma ta'sirida bolamning boşida qon aylanişi sustlaşib, harakatlaniş a'zolariga ta'sir qilgan. Şuning hisobiga öng oyoği va qöli harakat qilişga sust. Doktorlar aytişi böyiça, vaqt ötgani sari sekin-sekin tarqab öz holiga keladi. Öng oyoği qölidan köra ança harakatçan”, – deydi Azizbekning onasi Şohsanamxon.






















