Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Fanlar akademiyasining Mirzo Uluğbek nomidagi Milliy universitet huzurida Nazariy fizika institutini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • nazariy fizika sohasining dolzarb muammolari ilmiy yeçimiga qaratilgan hamda uning istiqbolli yönalişlari böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini, jumladan fundamental, amaliy va innovatsion hamda xalqaro qöşma loyihalarni amalga oşirişda iştirok etiş;
  • nazariy fizikaning yuqori energiyalar fizikasi va elementar zarralar, yadroviy fizika va astrofizika, relyativistik astrofizika va gravitatsiya, kondersirlangan holat va noçiziqli fizika, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarining muammolari böyiça ilmiy anjumanlar va qöşma seminarlar taşkil etiş;
  • yoş olimlar uçun nazariy fizikaning yuqori energiyalar fizikasi va elementar zarralar, yadroviy fizika va astrofizika, relyativistik astrofizika va gravitatsiya, kondersirlangan holat va noçiziqli fizika, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlari böyiça ilmiy-öquv materiallarini naşrga tayyorlaş;
  • fizika sohasida professor-öqituvçilar, talabalar, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarda birgalikdagi iştirokining turli şakllari asosida oliy ta'lim muassasalarida ilmiy, ilmiy-texnik va öquv faoliyati bilan integratsiyasini amalga oşiriş;
  • respublika oliy ta'lim muassasalaridagi iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etiş orqali yuqori salohiyatli yoş nazariyotçi fiziklarni tayyorlaşda oliy ta'lim muassasalariga hamkorlik qiliş;
  • xalqaro ilmiy hamkorliklarni rivojlantiriş, rivojlangan mamlakatlarning nazariy fizika markazlari va uşbu sohadagi eng ilğor va istiqbolli tadqiqotlarning xalqaro tarmoği bilan aloqalarni ta'minlaş hamda ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yönalişlari böyiça xalqaro anjumanlarni taşkil etiş;
  • fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yönalişlari va istiqbollari töğrisida tahliliy ma'lumotlar tayyorlaş;
  • ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini işlab çiqiş uçun şartnoma asosida davlat organlari mutaxassislari, ilmiy taşkilotlar xodimlari, oliy ta'lim muassasalarining olimlari va öqituvçilarini, şu jumladan xalqaro va xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş;