«Özeltexsanoat» uyuşmasi axborot xizmati xabar berişiça, loyihaning umumiy qiymati 50 mln AQŞ dollari bölib, 5 mln dollarni bevosita tadbirkor sarmoya sifatida kiritsa, 40 mln AQŞ dollari xorijiy investitsiya hisobiga jalb qilinadi. 5 mln dollar bank kreditidan özlaştiriladi.
Uyuşma axborot xizmati rahbari Namoz Tolipovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Farğona şahrida elektromobillar işlab çiqariş loyihasini Central Asia Motors korxonasi amalga oşirmoqda.
Joriy yil dekabr oyida 4ta yengil va 8ta yuk elektromobili test rejimida korxona konveyerlaridan çiqadi. Özbekistonda elektromobillarni quvvatlantiriş şoxobçalari ommalaşmagani bois, dastlabki bosqiçda gibrid quvvatli (tok va benzin) elektromobillar işlab çiqariladi. Bunda elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli işga tuşadi hamda benzin bilan işlaş jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi.
Umuman, 2022 yilda yakunlanadigan loyiha natijasida 350 iş örni barpo etiladi. Korxona töla quvvat bilan iş boşlagaç, yiliga E-200 (krossover), E-400 (furgon) va E-500 (yöltanlamas) modifikatsiyasidagi 10 ming elektromobil işlab çiqariş imkoni paydo böladi.
Loyihaga köra, akkumulyator, kuzov va quvvatlaş stansiyasi mahalliylaştiriladi.

















