Xalq deputatlari Çirçiq şahri Kengaşining navbatdan taşqari uçinçi sessiyasi bölib ötdi.

Rustam Xolmatov / Toşkent viloyati hokimligi

Sessiyada taşkiliy masala körilib, kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Rustam Xolmatov tanqidiy-tahliliy nutq sözladi. Viloyat rahbari öz sözida şaharda bugun töplanib qolgan muammolar, ularni bartaraf etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga tanqidiy baho berdi. 

Rustam Xolmatov / Toşkent viloyati hokimligi

«Çirçiq - sanoat şahri, ammo oxirgi ikki yilda hududda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi sezilarli ravişda kamaygan», deya hokimning sözlarini keltirmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Yiğilişda, şuningdek, şaharda bugun kommunal sohada yiğilib qolgan muammolar, aholi, birinçi navbatda, yoşlar bandligini ta'minlaş böyiça qilingan işlar tahlil qilindi.
 
Muhokamalardan söng, Qahramon Botiroviç Raşidovni Çirçiq şahar hokimi vazifasidan ozod etiş töğrisidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari şahar kengaşi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.

  • Qahramon Raşidov Çirçiq şahriga 2017 yil aprelidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Rustam Xolmatov Çirçiq şahar hokimi lavozimiga Sanjar Mirtoiroviç Yusupov nomzodini tasviya qildi va nomzod Çirçiq şahar hokimi vazifasini bajaruvçi lavozimiga tasdiqlandi. 

Sanjar Yusupov / Toşkent viloyati hokimligi

Sanjar Yusupov mehnat faoliyati davomida «Toşkent traktor zavodi» OAJ, «Özbekiston temir yöllari» AJda mas'ul vazifalarda faoliyat olib borgan.