Eng jiddiy o‘zgarishlardan biri Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatovning lavozimidan ketishi bo‘ldi.

Qizig‘i, Davron Hidoyatov bu lavozimni egallaganiga hali bir yil ham bo‘lmagandi. U bir muddat Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib turganidan so‘ng joriy yilning 19 martida rasman hokim vazifasiga tayinlangandi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan sessiyada u: “Garchi Toshkent shahrilik bo‘lsam-da, endi Toshkent viloyatiga ko‘chib o‘taman va endi shu viloyat farzandiman”, degan edi. Lekin Hidoyatov Toshkent viloyatida 1 yildan kamroq, aniqrog‘i 8 oygina ishladi xolos.

Kun.uz bir yildan kam ishlagan hokimlar ro‘yxatini tuzdi va natijada Davron Hidoyatov bu borada rekordchi emasligi ma’lum bo‘ldi.

Islomjon Ergashxo‘jayev, 4 oy 3 kun, Toshkent viloyati

Foto: toshvil.uz

Bu ro‘yxatda Toshkent viloyati vakillari talaygina ekani alohida ahamiyatga ega. Islomjon Ergashxo‘jayev 2016 yilning 12 avgustidan 15 dekabrigacha bu viloyatni boshqargan va shundan keyin O‘zbekiston Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Uning hokimlik davri 4 oy 3 kunni tashkil etib, xozirgacha ma’lum bo‘lgan “antirekordchi” bo‘lib turibdi.

Karim Kamolov, 5 oy 22 kun, Buxoro viloyati

 Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Karim Kamolovning qisqa muddat ishlashiga boshqa ishga o‘tishi va lavozimidan chetlashtirilishi emas, ajal sabab bo‘lgan. 2020 yilning 29 fevralidan 2020 yil 22 avgustga qadar Buxoro viloyatini boshqargan Karim Kamolov koronavirusga chalindi va shu kasallik asoratlaridan vafot etdi. Viloyatning Kamolovdan oldingi hokimi O‘ktam Barnoyev ham ayni shu sabab bilan olamdan o‘tgandi.

Sodiq Abdullayev, 6 oy 11 kun, Toshkent viloyati

128813.jpg (600×400)

Sodiq Sobitovich Abdullayev bu lavozimda 6 oy 11 kun, 2016 yilning 4 fevralidan 15 avgustiga qadar o‘tirgan. Uning lavozimidan ozod qilingani bildirilgan bo‘lsa-da, qayerga ishga o‘tgani ma’lum qilinmagan.