AQŞ kommunikatsiyalar böyiça federal komissiyasi (FCC) Xitoyning Huawei va ZTE telekommunikatsiya kompaniyalarini milliy xavfsizlikka tahdid deb rasman e'lon qildi.
"FCC jamoat va içki xavfsizlik byurosi Huawei Technologies Company (Huawei) va ZTE Corporation (ZTE) kompaniyalari hamda ularning şö'ba kompaniyalari va bölinmalari FCC 2019 yil noyabrda milliy xavfsizlikka tahdid soluvçi kompaniyalar qurilmalari yoki xizmatlaridan foydalanişga qöygan taqiq ostiga tuşişini ma'lum qildi", - deyiladi komissiya bayonotida.
Qayd etilişiça, endilikda FCC umumiy xizmatlar fondidagi 8,3 milliard dollardan uşbu kompaniyalar taqdim etgan yoki işlab çiqargan har qanday qurilma va xizmatlarni sotib oliş uçun foydalaniş mumkin emas.
FCC rahbari Ajit Pay har ikki kompaniya Xitoy kompartiyasi va harbiylari bilan aloqador ekanligini hamda Xitoy qonunlariga köra uşbu mamlakat razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilişga majbur ekanligini aytdi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Huawei’ga qarşi kiritilgan sanksiyalarni bir yilga uzaytirgandi.

















