Saida Mirziyoyeva YuNeSKO rahbarligiga qayta saylangan Odri Azule bilan uchrashdi
Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta'minlash bo‘yicha komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva Parijda YuNeSKO bosh direktori lavozimga qayta saylangan Odri Azule bilan uchrashdi.

Foto: Milliy mass-media fondi
“Azule xonimni YuNeSKO ijroiya kengashi tomonidan mehnatlari e'tirof etilgani va ishonch bildirilgani bilan tabrikladim. Ushbu maqomdagi samarali sa'y-harakatlari, mamlakatimizda ko‘plab ajoyib loyihalarni, jumladan "Lazgi" baleti postanovkasi va boshqalarni amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdim”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, Odri Azule doim madaniy tadbirlar markazida bo‘lib, YuNeSKO manfaatlari yo‘lida astoydil xizmat qilib, jahonning tarixiy va madaniy boyliklarini asrashga munosib hissa qo‘shmoqda.
“Bu inson hamisha yurtimizning ardoqli mehmoni bo‘ladi!” - deydi Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari.

Ma'lum qilinishicha, Odri Azule bilan uchrashuvdan so‘ng YuNeSKO binosiga ekskursiya uyushtirilgan.

“1889 yilda qurilgan La Bourse de Commerce birjasiga ham bordik. Bu yerda Fransua Pino zamonaviy san'at jamg‘armasining muzeyi joylashadi.

YuNeSKO tashkiloti binosi bilan Birjani bir ism birlashtiradi — Tadao Ando. Bu arxitektor YuNeSKO ustavi kuchga kirganining 50 yilligi munosabati bilan tashkilot binosi korpuslari orasida meditatsiya pavilonini barpo etdi. Birja binosi esa uning Fransiyadagi eng yirik loyihasi va Fransua Pino bilan hamkorlikda amalga oshirgan uchinchi muvaffaqiyatli loyihasidir.
Tadao Andoga tegishli arxitektura namunalari bilan tanishishni intiqlik bilan kutayotgandim — u O‘zbekiston davlat san'at muzeyi yangi binosining dizayn-konsepsiyasi muallifidir.
Nazarimda, Tadao Ando Parij Birjasi binosi ichida barpo etgan konsepsiya mukammal darajada. Binoning tarixiy qiyofasi tiklangan. Muzeyimiz uchun me'mor tanlashda ham uning arxitektura shakli va nisbatini buzmagan holda nurni to‘g‘ri yo‘naltirish mahorati inobatga olindi”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.


Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

19:42 / 24.04.2025
Saida Mirziyoyeva va O‘g‘iljahon Atabayeva Samarqanddagi inklyuziv ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi

21:48 / 15.04.2025
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi

16:21 / 12.04.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi

11:11 / 11.04.2025