Professional boks böyiça ikkinçi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) AQŞda navbatdagi jangini ötkazdi.
Nyu-Hempşirning Mançester şahrida Murodjon Ahmadaliyevga çililik Xose Velaskesga qarşi ringga çiqib, töliq raund davom etgan bahsda oçkolar evaziga (119-109) ğalaba qozondi va öz kamarlarini himoya qildi. Dastlabki raundlarda Ahmadaliyev ustunlikka erişgan bölsa, jangning örtalaridan Velaskes ham faollik körsatdi.

Oxirgi raundlarda esa özbekistonlik boksçi raqibiga nisbatan faolroq harakat qilib, öz ğalabasini ta'minladi.

Rio Olimpiadasi sovrindori hisoblangan Murodjon Ahmadaliyev 2018 yilning martida «Mir boksa« promouterlik kompaniyasi bilan şartnoma imzolab, professional boksçi sifatida faoliyatini boşlagan.
Murodjon Ahmadaliyev 2020 yilning yanvarida Daniel Romanni mağlub etib, profi ringdagi sakkizinçi jangidayoq biryöla ikkita çempionlik kamariga ega çiqqandi. U 2021 yil aprelida Toşkentda bölib ötgan jangida yaponiyalik Ryosuke Ivasani beşinçi raundda nokautga uçratib, öz kamarlarini himoya qilgandi.

















