Kun.uz manbasiga köra, Alijon Xöjaqulov 2021 yil 25 iyul kuni şahar xalq ta'limi bölimiga işga kiritib qöyişni aytib, fuqarodan (ayol) 3 mln söm olayotganda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbirda qölga olingan. Kun.uz tahririyatida mavjud bölgan suratlarda ham mudir bir guruh organ xodimlari qurşovida, tezkor tadbirni protsessual tartibda rasmiylaştiriş jarayonida turganini köriş mumkin.

Navoiy viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Marat Şamuratovga köra, bu mudir va fuqaro örtasidagi qarz oldi-berdisi bölgan va iş tergovgaça yetib bormay yopilgan. Şu sababli u öz lavozimida işlaşda davom etmoqda.

Kun.uz holat yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasidan ham izoh oldi. Prokuratura xodimi fuqaro arizasi asosida XTB mudiri Alijon Xöjaqulovning işga kirgizib qöyiş evaziga pul talab qilganlik holati yuzasidan tezkor tadbir uyuştirilganini ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, haqiqatan ham mudir va arizaçi örtasida işga kirgizib qöyiş yuzasidan “kelişuv” bölgan. Bu böyiça yozib olingan suhbat ariza bilan taqdim qilingan. Biroq tezkor tadbir jarayonida mudir fuqaroga işga kirgizib qöyiş masalasi hal bölmasligini aytib, kelişilgan miqdordagi pulni unga qarz sifatida berib turişini söragan. Ya'ni pora sifatida söralgan pul oxirgi lahzada qarzga aylanib qolgan. Şu sababli, holat böyiça jinoiy iş qözğatişni rad qiliş yuzasidan qaror qabul qilingan.     

Muqaddam Nurota tumanidagi 4-umumta'lim maktabi direktori lavozimida işlab kelgan Alijon Xöjaqulov 2021 yilning 18 yanvarida Ğozğon şahri xalq ta'limi bölimi mudiri lavozimiga tayinlangandi. 

Navoiydagi mansabdor işi: şahar hokimligi 1 mlrd budjet pulini talon-toroj qilgan mulozimni nega qöllamoqda?