1 dekabrdan Toşkent metropolitenida jyetonlarni qabul qiliş töxtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

2020 yilning 1 noyabridan boşlab Toşkent metropolitenida jyetonlar sotuvi töxtatilgan edi. Bundan közlangan maqsad - şahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yönalişlarida avtomatlaştirilgan tölov tizimini joriy etiş işlari doirasida yölovçilarning yagona transport kartalari orqali yöl haqi tölovlarini amalga oşirişi kölamini kengaytiriş, avtomatlaştirilgan tizim tölaqonli işlab ketiş jarayonini tezlaştiriş, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz keçiş.

Bildirilişiça, ötgan bir yil mobaynida aholidagi mavjud jyetonlar yöl haqi tölovi uçun qabul qilindi. Joriy yilning 1 dekabr sanasidan boşlab Toşkent metropolitenida yöl haqini tölaş uçun jyetonlarni qabul qiliş töxtatiladi. 

Ma'lum qilinişiça, tölov tizimida qulaylik yaratiş maqsadida Toşkent metropolitenining barça bekatlari QR kodli çipta, transport va bank kartalari hamda NFC funksiyalari orqali tölovlarni amalga oşiriş imkonini beruvçi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.

Avvalroq, Toşkent metrosida FacePay tizimi sinov tariqasida işga tuşirilgani xabar berilgandi. 

Metropolitenning Buyuk ipak yöli bekatida sinov tariqasida işga tuşirilgan FacePay qurilmasida yölovçi validatorga qarasa yetarli - yöl haqi bank kartasidan avtomatik tarzda yeçib olinadi.