BAA Turkiyaga investitsiya kiritiş uçun 10 mlrd dollar mablağ ajratgani töğrisidagi xabardan söng turk lirasi 7 foizga mustahkamlandi.

“Birlaşgan Arab Amirliklari Turkiyaga investitsiya kiritiş uçun 10 mlrd dollar miqdorida mablağ ajratdi”, — dedi Abu-Dabi davlat investitsiya fondi (ADQ) raisi Muhammad Hasan as-Suvaydiy.

Xabar qilinişiça, Turkiya va BAA savdo, energetika va boşqa sohalarda hamkorlik qiliş böyiça töqqizta şartnoma imzolagan.

Hujjatlarni imzolaş marosimi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Abu-Dabi valiahd şahzodasi şayx Muhammad bin Zayd al-Nohayon örtasidagi muzokaralar yakunida imzolandi.

Şundan söng turk lirasining dollarga nisbatan kursi 12,7 liradan 11,66 liraga özgardi.

Yil boşidan buyon Turkiya valutasi 70 foizga qadrsizlandi. Yanvarda bir dollar 7,3 lira atrofida bölgan bölsa, 23 noyabr kuni 13,15 lirani taşkil etdi.