Rossiyaning xususiy banklar orasida kattaligi jihatidan uçinçi örinda turuvçi “Sovkombank” banki Özbekiston Davlat aktivlarini boşqariş agentligidan “Özagroeksportbank”ni töliq sotib olişi mumkin, deb yozmoqda “Vedomosti”.
“Sovkombank” boşqaruvi raisining birinçi örinbosari va hammuassisi Sergey Xotimskiy bu ma'lumotni tasdiqladi.
“Hozirda tomonlar kelişuv şartlarini kelişmoqda. Gap bir neça million dollar ustida bormoqda”, — dedi u “Interfaks”ga.
“Özagroeksportbank”ni sotib olganidan söng “Sovkombank” uni 10 mln dollargaça kapitalizatsiyalaştirmoqçi.
Xotimskiyning sözlariga köra, “Sovkombank”ning Özbekiston uçun limiti 1 mlrd dollar etib belgilangan. Bu limitni oşiriş rejasi yöq, dedi u.
“Özagroeksportbank” 2017 yilda taşkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati agrosanoat sohasidagi işlab çiqaruvçilar va eksportçilarni qöllab-quvvatlaş hisoblanadi.

















