«Özagroeksportbank» ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketi xususiylaştirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, «Support Level» xorijiy korxonasi «Özagroeksportbank» ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini 5 mln dollarga sotib oliş tölovini biryöla tölab beriş, bank ustav kapitalini qöşimça 29 mlrd sömdan kam bölmagan qiymatga oşiriş hamda bankning infratuzilma, texnologiya va mahsulotlarini rivojlantirişga kamida 50 mln dollar investitsiya kiritiş böyiça taklif bilan çiqqan. Uşbu taklif Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan ma’qullangan.

«Özagroeksportbank ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiya paketlarini xususiylaştirişga avval jalb etilgan «Grant Thornton» xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan «Özagroeksportbank»ning 2019 yil dekabr oyidan buyon «kredit operatsiyalari» töxtatilgani sabab kredit portfeli 2022 yil 1 dekabr holatiga 6,1 mlrd sömni taşkil etib, bunda muammoli kreditlar uluşi öta yuqoriligi, bankning ayni davrdagi holatiga umumiy zarari 31 mlrd sömni taşkil etgani natijasida jami sof aktivlari qiymati 50 mlrd sömligi qayd etilgan», - deyiladi Davaktiv izohida.

Şuningdek, «Özagroeksportbank» Özbekiston Markaziy banki tomonidan bank nazoratiga oid iqtisodiy normativlar bajarilmagani, aktivlar böyiça ehtimoliy yöqotişlarga qarşi yetarli miqdorda zaxiralar şakllantirilmagani, kredit hujjatlarini rasmiylaştirişda belgilangan tartiblarga töliq amal qilinmagani, şuningdek, amaldagi qonunçilik hujjatlariga muvofiq tijorat banklari ustav kapitali miqdoriga qöyilgan talablar bajarilmagani (ustav kapitali 29 mlrd sömga kam şakllantirilgan) yuzasidan ogohlantirilgan.

Ma’lumot uçun, 2022 yilning 23 fevral kuni tuzilgan bitim böyiça Rossiyaning «Sovkombank»i «Özagroeksportbank»dagi 100 foiz davlat uluşini 4 million dollarga sotib olişi kerak edi.

Ukrainaga boşlangan bosqin fonida AQŞ hukumati fevral oyi oxirida «Sovkombank»ka nisbatan sanksiyalar kiritdi. Keyinçalik bir qator boşqa davlatlar tomonidan ham xuddi şu kabi qarorlar qabul qilindi.

Şundan keyin «Sovkombank» Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan tuzilgan bitimni bir tomonlama